
Bugungi kunga qadar yosh ammo katta yutuqlarda erishib kelayotgan taniqli, iste'dodli rejessyorlardan biri bo'lmish, Jahongir Poziljonov kino olamida kundan kunga yuqori pog’onalarni egallab bormoqda. Rejessyorning ikkita suratga tushirgan filmi mavjud, bular barchaga sevilgan "Boyvachcha" hamda "Amakivochchalar". Har bir suratga tushirilgan filmi tomoshabinglarning yuraklaridan joy egallay oldi. Jahongir Poziljonov bilan birgalikda ish olib borgan barcha aktryorlar uni juda hurmat qiladilar.

O'ziga xos iste'dodi va sehirli ovozi bilan minglab muxlislar ortirgan Rayhon yakkaxon kontsert dasturini yuqori darajada o'tkazib olganidan so'ng, bir oz tanafus qildiyu, yangi albom yozish ishlarini boshlab yuvordi. Xozirgi vaqtda xonanda qizg'in ish olib bormoqda. Xonandaning "Bojalar" guruhi bilan kuylangan so'ngi dueti ancha omadli bo'ldi.

Rep yo'nalishini tanlab, ijod qilib kelayotgan Shaxriyor so'nggi paytda barcha narsani sir tutib kelmoqda... Bunga sabab nima ekanligi hech kimga ma'lum emas. Ammo mish- mishlarga qaraganda yosh iste'dod egasi Rossiyaga borib, ikki yillik kontrakt tuzib kelgan emish. Ma'lumotlarga ko'ra yozning ohirlarida "Fabrika zvezd" loyihasi davom etadi. Bu loyihada xonanda ishtirok etishni rejalashtirayotgan ekan.

Maftunkor, latofatli va juda go'zal xonanda Shaxzoda bu yil o'z ijodini Moskva shahrida davom ettirdi. Turli hildagi qo'shiqlar yaratdi. Hattoki Rossiyalik rejessyor tomonidan "1001 noch" qo'shig'iga suratga tushirilgan klip yuqori darajada baholandi.
A’zolar soni - 40557 |
Hozir saytimizda - 28 kishi |
Eshitilgan qo‘shiqlar - 940168 |